Buyuk adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi

Buyuk adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi

Toshkent moliya institutida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri va Toshkent moliya instituti hamkorligida buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi hamda O‘zbekston qahramoni taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharofiddinov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash, yoshlar orasida kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini oshirish, shu bilan birga talaba-yoshlarning buyuk adiblar hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida adabiy-badiiy xotira kechasi o‘tkazildi.

 

Ushbu adabiy-badiiy xotira kechasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining adabiyotshunos olimlari filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo‘raqulov va filologiya fanlari nomzodi, dotsent  Shermuxammad Aminov hamda O‘zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Malika Ibrohimova, O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri Nishonboy Husanov, shu kafedra a’zolari, shuningdek Moliya, Kredit, G‘aznachilik va davlat jamgʻarmalari fakulteti talabalari hamda ularning murabbiylari ishtirok etdilar. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.
 

18:09 / 2019-05-03
Success helper
Success warning